Yuqori Qovoq Blefaroplastikasidan Keyingi 7 Kunlik Natija — Izlar Qanday Ko'rinadi? | Dr. Choriyev Doniyor, Toshkent

Dr. Choriyev Doniyor · Plastik va estetik jarroh ·

Blefaroplastikadan keyin izlar qanday bo'ladi? Qachon ishga chiqsa bo'ladi? Shishlar qachon tushadi? Bu savollar ko'pchilikni qiziqtiradi. Mana bizning bemorning atigi 7 kunlik natijasiga qarang.

Operatsiyadan bir hafta o'tdi — natija allaqachon juda yaxshi. Chok izlari ingichka va estetik ko'rinmoqda. Shishlar deyarli tushgan, qizarishlar ham yo'q darajada. Bemor o'zini yaxshi his qilmoqda.

Albatta, har bir odamning terisi va organizmi har xil. Kimda bitish tezroq bo'lsa, kimda biroz ko'proq vaqt oladi. Lekin bu bemorimizda hammasi zo'r kechmoqda — teri chiroyli bitmoqda va izlar kundan-kunga ingichkalashib bormoqda.

Bu natijaning siri nimada? Dr. Choriyev Doniyor operatsiyani juda nozik va aniq bajaradi. Chok chizig'i qovoqning tabiiy burmasi ichiga joylashtiriladi, maxsus ingichka iplar ishlatiladi. Shuning uchun bitgandan keyin iz deyarli ko'rinmay ketadi.

Agar siz ham blefaroplastika qildirmoqchi bo'lsangiz va natija qanday bo'lishini bilmoqchi bo'lsangiz — Toshkentdagi eng yaxshi plastik jarrohlardan biri Dr. Choriyev Doniyorga murojaat qiling.

📞 +998 91 013 77 76 📞 +998 90 122 77 76 🌐 www.choriyev.uz

← Yangiliklar