Sangapuri Blefaroplastikadan Keyin Burmalar Yo'qolib Qoldimi? — Qayta Operatsiya Natijasi | Dr. Choriyev Doniyor, Toshkent

Dr. Choriyev Doniyor · Plastik va estetik jarroh ·

Sangapuri blefaroplastika qildirdingiz, lekin vaqt o'tib burmalar yo'qolib qoldimi? Bu holat boshqa vrach qilgan operatsiyalarda ba'zan uchraydi. Bizning bemor ham aynan shu muammoga duch keldi.

Bemor avval boshqa jarrohda sangapuri operatsiyasini qildirgan. Lekin ko'p vaqt o'tmasdan shakllangan burmalar yo'qolib, qovoqlar yana tekis holatga qaytib qolgan. Bemor natijadan norozi bo'lib, Dr. Choriyev Doniyorga murojaat qildi.

Dr. Choriyev Doniyor bemorni tekshirib, qayta — povtorniy sangapuri blefaroplastika operatsiyasini amalga oshirdi. Bemor xohlagan natijaga erishildi. Bu 40 kunlik natija — burmalar aniq, simmetrik va chiroyli ko'rinmoqda.

Ko'p beriladigan savol: nimaga operatsiyadan keyin burmalar chuqurroq ko'rinadi? Dr. Choriyev Doniyor buni har bir bemorga tushuntiradi — burmalar ataylab biroz chuqurroq qilinadi, chunki 3-6 oy ichida ular tabiiy va chiroyli formaga kelib tushadi. Agar boshidanoq sayoz qilsangiz — vaqt o'tib yo'qolib qolish xavfi bor. Aynan shuning uchun Dr. Choriyev texnikasi bilan qilingan burmalar keyinchalik yo'qolib qolmaydi.

Agar sizda ham oldingi operatsiyadan keyin burmalar yo'qolgan bo'lsa — Toshkentdagi eng yaxshi plastik jarrohlardan biri Dr. Choriyev Doniyorga murojaat qiling.

📞 +998 91 013 77 76 📞 +998 90 122 77 76 🌐 www.choriyev.uz

← Yangiliklar